Bloomberg nashri xabar berishicha, Vengriya bosh vaziri Viktor Orban 2024 yil oktyabrda Vladimir Putin bilan telefon suhbatida o‘zini Ezop masalidagi “sichqon”ga, Putinni esa “sher”ga o‘xshatgan.
Manbalarga ko‘ra, Orban suhbat davomida Rossiya prezidentiga har qanday masalada yordam berishga tayyor ekanini, hatto Ukraina urushi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun Budapeshtda sammit tashkil etishga ham rozi ekanini bildirgan.
Shuningdek, xabarda aytilishicha, Orban va Putin AQSh prezidenti Donald Trampni “umumiy do‘st” sifatida tilga olgan, Tramp uslubi esa “tornado” va “tank”ga o‘xshatilgan.