Viktor Orban Yevropa Ittifoqi nomidan Rossiya bilan muloqot qilish huquqiga ega emas — Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel.
Avvalroq bir qancha ommaviy axborot vositalari Vengriya bosh vaziri Viktor Orban 5 iyul kuni Moskvaga borishi haqida xabar bergan edi.
"Vengriyaning Yevropa Ittifoqiga raislik qilishi Viktor Orbanning Rossiya bilan YEI nomidan muloqot olib borish vakolatiga ega ekanligini bildirmaydi. Yevropa Kengashining pozisiyasi aniq: Rossiya tajovuzkor davlat, Ukraina esa agressiya qurboni. Ukraina bo‘yicha hech bir muhokama Kiyevning ishtirokisiz o‘tkazilmaydi", — deb yozdi Sharl Mishel X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.