Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

«Oqtepa Lavash» ning Toshkentdagi barcha filiallari yopildi (VIDEO)

«Oqtepa Lavash» ning Toshkentdagi barcha filiallari yopildi (VIDEO)

Ovqatdan zaharlanish holatidan keyin «Oqtepa Lavash» Toshkentdagi 14ta filiallarini yopdi. Bu haqda «Sevimli» telekanalining «Zamon» dasturida xabar berildi.

Eslatib o‘tamiz, 4 iyundan 7 iyunga qadar Sog‘liqni saqlash vazirligining epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasiga 29 nafar, shahar 5-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 8 nafar, shahar 4-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 2 nafar va 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 2 nafar bemor ko‘ngil aynishi, qayt qilish, bosh og‘rishi, umumiy holsizlanish, ich ketishi, oshqozon sohasida og‘riq, tana harorati ko‘tarilishi kabi shikoyatlar bilan murojaat qilgan. Ular tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, «Ovqat toksikoinfeksiyasi», «O‘tkir ichak kasalligi» va «O‘tkir diareya» birlamchi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizildi.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, «Oqtepa Lavash»da tovuqli sendvich iste’mol qilganlaridan keyin zaharlangan kishilar soni 41taga yetgan.

«Bemorlarning holati o‘rtacha og‘irlikda deb baholanmoqda, og‘ir ahvoldagi bemorlardan murojaat tushmagan. Bir necha kun davolanganlaridan so‘ng, ularga ruxsat beriladi», - dedi epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti direktori Nurmat Atabekov.

Shuningdek, mazkur hodisaga «Oqtepa Lavash» direktori Hayot G‘ulomov izoh bergan.

«Bizning 10 yillik faoliyatimizda bu kutilmagan holat, filiallarga barcha mahsulotlar qayta ishlanganidan keyin tayyor holatda olib kelinadi. Sergeli va Qo‘yliqdagi bo‘limlarimizda sodir bo‘lgan hodisaga kelsak, bunga elektr energiyasining vaqtinchalik o‘chirilgani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ammo, aniq sabablar hozirda Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda shahar sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan tekshiruvdan so‘ng ma’lum bo‘ladi. Laboratoriyada tekshirish uchun mahsulotlarimizning namunalari olingan», - degan Hayot G‘ulomov.

U shuningdek, umumiy ovqatlanish shoxobchalarining xodimlari bemorlar bilan doimiy aloqada bo‘lib, ularga moddiy va ma’naviy tarafdan yordam ko‘rsatayotganlarini qayd etgan.

Kiritildi: 13:14 08.06.2019. O'qildi: 2649 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!