Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Oq uyning 34 xodimida koronavirus aniqlandi

A A A
Oq uyning 34 xodimida koronavirus aniqlandi

Oq uy ma’muriyatning yuqori lavozimli mulozimlari va aloqada bo‘lgan shaxslar orasida 34 ta koronavirus infeksiyasi aniqlandi, deb xabar bermoqda AVS Federal favqulodda vaziyatlar boshqarmasining ichki hujjatiga asoslanib.

Qayd etilishicha, koronavirusga chalinganlar orasida Prezident Donald Tramp, uning rafiqasi Melaniya, davlat rahbarining matbuot kotibi, saylovoldi shtabining direktori, Respublikachilar milliy qo‘mitasi rahbari, prezidentning yordamchilari Xope Xiks va Stiven Miller ham bor.

Kanal ta’kidlaganidek, ushbu ma’lumotlar "Oq uyda oshib borayotgan inqirozni" tasdiqlaydi va shuningdek, rasmiylar virus tarqalishi haqidagi ma’lumotlarni to‘sib qo‘yishga harakat qilganligini ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, Tramp va Melaniyaning kasalligi haqida o‘tgan hafta ma’lum bo‘lgan edi. Juma kuni u kasalxonaga yotqizildi va dushanba kuni u kasalxonani tark etdi. Oq uyda sog‘ayishni davom ettirmoqda.

Kiritildi: 09:57 08.10.2020. O'qildi: 2184 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik