Bu haqda davlatning birinchi shaxslarini qo‘riqlash bilan shug‘ullanuvchi AQSh Maxfiy xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Vashington markazidagi 15-ko‘cha va Mustaqillik shohko‘chasi kesishmasida yuz bergan. Ushbu joydan Oq uygacha bo‘lgan masofa taxminan 1 kilometrni tashkil etadi.
Associated Press agentligining xabar berishicha, Oq uy vaqtincha yopib qo‘yilgan. Donald Tramp o‘sha vaqtda bino ichida kichik biznes bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazayotgan edi. Maxfiy xizmat ko‘chada bo‘lgan jurnalistlarni brifinglar zaliga olib kirgan. AQSh Prezidenti esa tadbirkorlar oldidagi nutqini hech qanday tanaffussiz davom ettirgan.
Kolumbiya okrugi yong‘in xavfsizligi va tez yordam departamenti shifokorlar bir nafar voyaga yetgan erkakni shifoxonaga yetkazganini, shuningdek, yengil jarohat olgan o‘smirga yordam ko‘rsatilganini ma’lum qildi.