Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Oq uy Trampning gaplarini inkor qildi

A A A
Oq uy Trampning gaplarini inkor qildi

Oq uyning aytishicha, mamlakatda oy oxiriga qadar koronavirusdan o‘lganlar soni ikki baravar ko‘payishi haqidagi ma’lumotlar to‘g‘ri emas.

Oldinroq New York Times gazetasi AQSh ma’muriyati 1 iyunga qadar koronavirusdan nobud bo‘lganlar sonining ikki baravar ko‘payishini bashorat qilganini yozgani haqida xabar bergandik.

"Bu Oq uyning hujjati emas. Koronavirus ishchi guruhiga topshirilmagan, idoralararo muvofiqlashtirishdan o‘tmagan. Ushbu ma’lumotlar ishchi guruhning biron bir modelini yoki u tahlil qilgan ma’lumotlarni aks ettirmaydi", dedi Oq uy vakili Jadd Dir.

Biroq Dir hujjatning haqiqiyligini rad etmadi. Uning ta’kidlashicha, Prezident Donald Trampning cheklovlarni asta-sekin olib tashlash haqidagi chaqiriqlari sog‘liqni saqlash va yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassislar rozi bo‘lgan ilmiy dalillarga asoslanadi.

Kiritildi: 23:21 04.05.2020. O'qildi: 3811 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik