AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp Oq uyni Jo Baydenga bo‘shatib bergandan keyin u yerda dezinfeksiya ishlari o‘tkaziladi. Bunday qaror Tramp va uning ma’muriyatidagi ko‘plab xodimlar koronavirusga chalingani bilan bog‘liq holda qabul qilingan.
"Politico" nashrining AQSh umumiy xizmatlari ma’muriyatidagi manbaga tayanib xabar berishicha, dezinfeksiya ishlari prezident saylovlari g‘olibi deb e’lon qilingan Jo Bayden Oq uyni egallashidan oldin o‘tkaziladi.
Ta’kidlanishicha, Tramp Oq uyni tark etgach, u yerdagi barcha sirtlar bir necha soat davomida dezinfeksiya qilinadi. Bundan tashqari, Oq uyda havoni tozalash ishlarini o‘tkazish ham rejalashtirilgan.