Oq uy matbuot kotibi Karine Jan-Pyer AQSh prezidenti Jo Bayden G20 sammitida ishtirok etishini aytdi, bundan oldin Bayden Misr va Kambodjaga tashrif buyuradi.
“Prezident G20 yetakchilari sammitida ishtirok etish uchun 13-16 noyabr kunlari Indoneziyaning Balida bo‘ladi”, — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan RIA Novosti.
Jan-Pyerning aniqlik kiritishicha, Bayden sammit oldidan Misrning Sharm ash-Shayx kurortida bo‘lib o‘tadigan BMTning iqlim konferensiyasida ishtirok etadi, shuningdek, Kambodja poytaxti Pnompenda bo‘lib o‘tadigan yillik AQSH-ASEAN sammitida ishtirok etadi.
Qayd etilishicha, AQSh prezidenti va uning G20dagi hamkasblari o‘rtasidagi muloqot mavzulari iqlim o‘zgarishi, Ukrainadagi mojaroning global oqibatlari, shuningdek, jahon iqtisodiyotini tiklash uchun muhim bo‘lgan ustuvor vazifalar bo‘ladi.