Oq uy Kubadagi amaldagi hukumatni ag‘darish uchun harbiy operasiya o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, biroq hozircha diplomatik vositalarga ustunlik bermoqda. Bu haqda «Politico» gazetasi AQSh administrasiyasidagi o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Vashington Gavanani iqtisodiy islohotlar amalga oshirishga, jumladan, davlat korxonalarini xususiylashtirish, xorijiy investisiyalar rolini oshirish va mamlakat fuqarolari uchun internetdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga undashga harakat qilmoqda.
AQShning Kubaga qo‘yayotgan yana bir talabi Amerika energiya resurslarini sotib olish hisoblanadi.