Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Oq uy Google va Facebook’ni tekshirishga qaror qildi

Oq uy Google va Facebook’ni tekshirishga qaror qildi

Oq uyda monopoliyaga qarshi idoralar va huquqni muhofaza qilish organlariga Google, Facebook hamda boshqa texnologiya kompaniyalariga nisbatan tekshiruvlar o‘tkazish majburiyatini yuklovchi prezidentlik farmoni tayyorlandi. Bu haqda Bloomberg hujjatning qoralama nusxasiga tayanib ma’lum qildi.

Farmon idoralarni «qandaydir onlayn-platformalar monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzganini jiddiy tekshiruvdan o‘tkazishga» majbur qiladi. Bundan tashqari, davlat idoralari «onlayn-platformalar» orasida raqobatni himoya qilish va noxolis yondashuvni bartaraf etishga qaratilgan qadamlarni taklif qilishlari kerak.

Agentlikning ta’kidlashicha, aniq kompaniyalar nomi farmonda tilga olinmagan. Shunga qaramay, AQSh prezidenti Donald Tramp bir necha bor Google va ijtimoiy tarmoqlarni xolis bo‘lmagani uchun tanqid ostiga olgan.

«Google, Facebook, Twitter va ijtimoiy media sohasidagi boshqa gigantlarga qarang. Men biz mamlakat sifatida siyosiy senzura, qora ro‘yxatlar hamda qidiruv natijalarini soxtalashtirish kabi narsalarni qabul qila olmasligimiz haqida aniq ma’lum qilgandim», - deya aytib o‘tgan Tramp avgust oyining oxirida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Facebook surat va videolarda «ruslar targ‘iboti»ni qidira boshlashi xabar qilingandi. 

Manba: kun.uz

Kiritildi: 14:49 22.09.2018. O'qildi: 1256 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!