Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

"Onlayn do‘kon" mijozlariga 4 mlrd. so‘m zarar yetkazilishining oldi olindi

A A A
"Onlayn do‘kon" mijozlariga 4 mlrd. so‘m zarar yetkazilishining oldi olindi

Toshkent shahrida yashovchi 28 yoshli R.J. ariza bilan murojaat qilib, “Instagram” ijtimoiy tarmog‘idagi ayollar sumkalarini sotish faoliyati yo‘lga qo‘yilgan, 40 ming obunachiga ega bo‘lgan "onlayn do‘koni"ni no’malum shaxs tomonidan egallab olinib, tadbirkorning nomidan mijozlarga sumka uchun "aksiya e’lon qilingan"ligi ko‘rsatilib, aldov yo‘li bilan fuqarolarning pullari o‘zlashtirilayotganligi ma’lum qilingan.

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Toshkent shahri, Yangihayot tumanida yashovchi 20 yoshli D.D. va uning jinoiy sheriklari 20 yoshli B.A., 18 yoshli YU.S. va 19 yoshli A.N.lar sodir etganligi aniqlandi.

Ular tadbirkor R.J.ning "onlayn do‘koni"ni boshqaruv huquqi saqlanib qolgan mobil qurilmani bozordan sotib olgach, yolg‘on aksiya o‘tkazish orqali "onlayn do‘kon" mijozlarini aldab, ko‘p sonli fuqarolarning pullarini o‘zlashtirishni maqsad qilganligi aniqlangan.

Yuqoridagi holat yuzasidan D.D. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, D.D. va boshqalar tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Kiritildi: 15:32 05.04.2023. O'qildi: 1557 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!