Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Onkolog onkologik kasalliklarning oldini olish bo‘yicha maslahatlar berdi

Onkolog onkologik kasalliklarning oldini olish bo‘yicha maslahatlar berdi

Radiologiya MTTM bosh direktori, Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining shtatdan tashqari bosh onkologi Andrey Karpin TASSga bergan intervyusida g‘ayrioddiy ajralmalar yoki qon ketishi saratonning alomatlari bo‘lishi mumkin ekanligini aytdi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, har qanday g‘ayrioddiy suyuqlikning paydo bo‘lishi insonni havotirga solishi kerak. “Najas massalarida, siydikda qon aralashmalari bo‘lganda, ayollarda qindan qon ketganda 100 foiz shifokor oldiga borish kerak”, — dedi Karpin.

Shuningdek, shifokorning qo‘shimcha qilishicha, yo‘tal, lanjlik, parhezsiz vazn yo‘qolishi va boshqa belgilarni ham e’tibordan tashqarida qoldirmaslik kerak. Uning so‘zlariga ko‘ra, odamlar o‘z organizmini yaxshi his etadi, lekin ko‘pincha u yuborayotgan signallarni e’tiborsiz qoldiradi.

Onkologik kasalliklarning profilaktikasi sifatida Kaprin tadqiqotlar va yoshga mos ravishda dispanserizasiya bo‘yicha barcha ko‘rsatmalarni bajarish, sog‘lom va faol hayot tarzini kechirishni tavsiya qildi.

Bundan tashqari, tana vazni indeksini ham kuzatib borish va, zarur bo‘lganda, semizlikka qarshi kurashish kerak. Shuningdek, alkogol ichimliklar va qizil go‘shtni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilmaslik lozim, chekishni esa umuman tashlagan yaxshi. Kuniga beshtadan ko‘p sigaret chekish xavfli o‘smalar rivojlanish ehtimolini 20 foizga oshiradi, deb ta’kidladi onkolog.

Kiritildi: 21:18 12.06.2021. O'qildi: 2915 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!