Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Ona o‘z o‘g‘lini urib o‘ldirdi: xorazmlik ayolni bunga nima majburladi?

Ona o‘z o‘g‘lini urib o‘ldirdi: xorazmlik ayolni bunga nima majburladi?

Xorazm viloyati Xiva shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha sudida o‘g‘lining o‘limida sababchi deb ko‘rilgan onaga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda 7news.uz yozmoqda.

Xorazm viloyati Shovot tumani Katqal’a qishlog‘ining Tuproqqal’a mahallasida yashagan o‘ttiz uch yoshli Behzod Abdullayev ichkilikka ruju qo‘ygan, oilasidagilar buning oqibatida bir necha yillar davomida jabr ko‘rib kelishgan edi.

2018 yilning 29 oktyabr kuni Ahmadjon Abdullayev va turmush o‘rtog‘i Jumabika To‘rayeva hovli ishlarini qilishni boshlashdi va ular bu ishlarga o‘g‘illari Behzodni ham yordamga chaqirishdi.

Behzod onasining so‘zini yerda qoldirmay ishlarga yordamlashgan kishi bo‘ldi va bir qancha vaqtdan keyin charchadim deb uyga kirib ketdi.

Uydagi to‘polon ovozini eshitgan ona kelini va nabirasiga zug‘um o‘tkazayotgan, ro‘zg‘or buyumlarini sindirib tashlayotgan o‘g‘lini belkurakning orqa tarafi bilan urdi.

Behzod esa belkurak zarbidan qattiq zarba yemaganligi sababli o‘rnidan turib, uyidagi aroqni ichishga o‘tadi va bir zumda yana uydagi buyumlarga zarar keltira boshlaydi.

Jumabika opa bo‘m-bo‘sh shishani qo‘liga olib, o‘g‘lining boshini mo‘ljallagan ko‘yi zarba beradi, shisha esa chil-chil bo‘lib sinib ketadi.

Hamma Behzodni uxlayapti deb o‘yladi, lekin u ertasi kun ham uyqudan uyg‘onmadi

Chaqirilgan tez yordam mashinasida kelgan shifokor esa uning vafot etganini va barchasiga kech bo‘lganini aytadi.

Shu tariqa Behzodning o‘limida uning onasi ayblanib ish avval tergov hamda keyin sudga oshirilajdi.

Ishni sudda ko‘rish jarayonida marhumning turmush o‘rtog‘i Muqaddas Masharipova jabrlanuvchining qonuniy vakili, ukasi Bunyod Abdullayev, Tez tibbiy yordam shifokori Bahrom Xudoyberganov, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi o‘ayrat Matchonovlar guvoh sifatida so‘zga chiqdilar. Afsuski, istamasa-da, bunga onaizor sababchi bo‘ldi.

Jumabika To‘rayeva o‘z aybini sudda ham, tergovda ham to‘liq tan oldi.

Ammo, sudda e’tirof etilishicha, J. To‘rayevaning harakatlarida bunday mudhish jinoyatning alomati mavjud emas.

Ayblanuvchi J. To‘rayeva 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Unga nisbatan dastavval Jinoyat kodeksining yengilroq jazo tayinlashga oid 57-moddasida belgilanganidan ham kamroq jazo tayinlandi va mazkur kodeksning 72-moddasi (shartli hukm) ham qo‘lanildi va 2 yil muddatga shartli jazo tayinlandi.

Kiritildi: 18:00 11.03.2019. O'qildi: 3962 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!