Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Olx.uz sayti orqali firibgarlik sodir bo‘ldi

Olx.uz sayti orqali firibgarlik sodir bo‘ldi

2018 yil sentyabr oyida noma’lum shaxs Olx.uz sayti orqali “Lasetti” mashinasini 4 300 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan. Unga Alisher (ismi o‘zgartirilgan) qiziqish bildirgan.

Noma’lum shaxs mashina O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tganini, shunday bo‘lsa-da, Belarusda ekani, agarda Alisher kelishilgan pulni yuborsa, mashinani O‘zbekistonga olib kelib, uning nomiga rasmiylashtirib berishini aytgan.

Alisher 2018 yil 7 sentyabr kuni “Western Union” xalqaro pul o‘tkazmasi orqali kelishilgan 4 300 AQSh dollarini yuborgan. Lekin shu kunga qadar Alisher mashinani ham, yuborgan pullarini ham qaytarib ololmagan. Unga va’da bergan noma’lum shaxs esa telefon qo‘ng‘iroqlariga javob bermay qo‘ygan.

Keyin Alisher 2019 yil 5 iyul kuni ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. Shunga asosan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, noma’lum shaxs ushlangan. Ayni vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:01 09.08.2019. O'qildi: 2749 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!