Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Oltinko‘lda bir-biriga yondosh to‘rtta hovli yonib ketdi (+ video)

Oltinko‘lda bir-biriga yondosh to‘rtta hovli yonib ketdi (+ video)

Andijonning Oltinko‘l tumani «Chaqqon-2» mahallasi Chaqqon-2 ko‘chasidagi to‘rtta xonadon 31 avgustga o‘tar kechasi olov ichida qolgan. Bir-biriga tutash uylarda yong‘in bo‘layotgani haqidagi xabar yong‘in xavfsizligi xizmatiga 30 avgust kuni soat 23:50 da kelib tushgan. Bu haqda «Daryo» ma’lum qilmoqda.

Andijon viloyat Yong‘in xavfsizligi boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, dastlabki o‘t o‘chiruvchilar soat 23:58 da yetib kelgan. Voqea joyiga jami ikkita o‘chirish bo‘linmasi, yettiga asosiy yong‘in o‘chirish mashinalari jalb qilingan.

Yong‘in soat 00:02 da qurshab olingan va 00:49 da to‘liq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Hozircha Hodisaning kelib chiqish sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

«Yong‘inning qisqa vaqtda tarqalishiga uylarni qurishda yong‘inga qarshi oraliq masofalar inobatga olinmagani va yong‘inga qarshi devorlar qurilmagani sabab bo‘lgan», — deyiladi boshqarma axborotida.

Kiritildi: 17:20 01.09.2019. O'qildi: 1862 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!