Bugun 12 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

Oltin va kumush narxi rekord darajada oshdi — “Kommersant”

Oltin va kumush narxi rekord darajada oshdi — “Kommersant”

Oltin va kumush narxi rekord darajada oshdi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Xabar berilishicha, 12 yanvar kuni Nyu-Yorkdagi Comex qimmatbaho metallar birjasida oltinning narxi bir unsiyasi (31,1 gramm) uchun $4612,7 ga yetib, yangi rekordni qayd etdi. Kumushning mart oyi fyuchersi narxi ham tarixiy maksimumni yangilab, unsiyasi $84,5 dan oshdi. Bundan tashqari, platina narxi 4,6 foizga oshib, $2389,5 ga yetdi.

Mutaxassislarning fikricha, qimmatbaho metallar narxining oshishiga AQShda Federal zahira tizimi raisi Jerom Pauellga nisbatan tergov boshlanishi, Erondagi namoyishlar, shuningdek, prezident Donald Trampning Eron, Kuba va Grenlandiya bo‘yicha keskin bayonotlari ta’sir qilgan.

Kiritildi: Bugun 13:48. O'qildi: 257 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!