Bugun 23 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Oltin O‘rda xonining nomi birinchi turk tank dvigateliga berildi

A A A
Oltin O‘rda xonining nomi birinchi turk tank dvigateliga berildi

Turkiya tanklar va boshqa zirhli mashinalar uchun birinchi to‘liq mahalliy dvigatelini Chingizxonning nabirasi, taniqli sarkarda va davlat arbobi, Oltin O‘rda asoschisi Botuxon nomi bilan nomladi.

Tanklar va boshqa zirhli mashinalar uchun mo‘ljallangan BOTU deb nomlangan birinchi turk dvigatelining muvaffaqiyatli sinovi haqida Turkiya mudofaa sanoati direksiyasi rahbari Ismoil Demir e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Turkiyaning ALTAY tankini ushbu dvigatel bilan jihozlash rejalashtirilgan, uning seriyali ishlab chiqarilishi 2021 yil o‘rtalariga mo‘ljallangan. Kelajakda mamlakat mingtagacha tankni chiqaradi.
Botuxon (1205-1255) - Jo‘jixonning o‘g‘li va Oltin O‘rda nomi bilan tanilgan mo‘g‘ul-turk davlatining asoschisi hisoblanadi.

Kiritildi: 11:09 16.05.2021. O'qildi: 4070 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!