Bugun 24 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

“Oltin to‘p” uchun asosiy beshta da’vogarlar e’lon qilindi

“Oltin to‘p” uchun asosiy beshta da’vogarlar e’lon qilindi

"Barselona" forvardi Lamin Yamal "Oltin to‘p" - 2026 uchun kurashda favorit bo‘lib turibdi. Bu haqda bukmekerlarning koeffisiyentlariga tayanib, X ijtimoiy tarmog‘ida The Touchline xabar berdi. Manbaga ko‘ra, top-5dan "ko‘k-anorranglilar"ning yana bir futbolchisi ham joy olgan.

2026-yilgi "Oltin to‘p"ga da’vogarlarning bugungi kundagi yangilangan reytingi, koeffitsiyentlarga ko‘ra (The Touchline, 23 mart):

1. Lamin Yamal ("Barselona").

2. Xarri Keyn ("Bavariya").

3. Kilian Mbappe ("Real").

4. Pedri ("Barselona").

5. Erling Xoland ("Manchester Siti").

Joriy mavsumda Lamin Yamal "Barselona" safida barcha musobaqalarda 40 ta o‘yinda 21 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Kataloniyaliklar La Liga turnir jadvalida 73 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda, Yevropa Chempionlar Ligasida esa "Atletiko" bilan chorak finalda bahslashishadi.

Kiritildi: 23:46 23.03.2026. O'qildi: 339 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!