Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Olotdagi “Imronnike” MCHJ omborxonasida yong‘in sodir bo‘ldi

Olotdagi “Imronnike” MCHJ omborxonasida yong‘in sodir bo‘ldi

2021 yil 9 aprel kuni soat 15:45da Buxoro viloyati Olot tumani “Xalifa” MFYda joylashgan “Imronnike” MCHJ hududidagi  omborxonada yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Xabar asosida voqea joyiga 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:52 da yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 16:20 da qurshab olinib, 18:26 da to‘liq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida korxona omborxonasi ichki qismining taxminan 200 kv.m. maydoni yonib zararlangan. Yong‘indan ob’ektning 400 kv.m maydoni saqlab qolingan.

Mazkur holat natijasida tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan.   

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdorini aniqlash ishlari olib borilmoqda.
 

Kiritildi: 19:09 09.04.2021. O'qildi: 2354 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!