Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Olmazorda Nexia-1 yonib ketdi. FVV rasmiy ma’lumot berdi

Olmazorda Nexia-1 yonib ketdi. FVV rasmiy ma’lumot berdi

Kecha, 30 noyabr kuni soat 20:53 da Toshkent shahar Olmazor tumani “Yuqori Beshqo‘rg‘on” MFY hududidan o‘tgan Toshkent xalqa avtomobil yo‘lida harkatlangan “Nexia-1” rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilishi natijasida avtomobilda yong‘in kelib chiqqan.

Voqea joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 20:57 da yetib borgan va yong‘in soat 21:21 da o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida avtomobilning motor va qisman salon qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Kiritildi: 09:54 01.12.2022. O'qildi: 2097 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!