Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Olmazor tumanidagi “Shabboda” kafesida yirik yong‘in chiqdi (video)

Olmazor tumanidagi “Shabboda” kafesida yirik yong‘in chiqdi (video)

Toshkent shahar,r Olmazor tumani Qora qamish dahasida joylashgan "Shabboda" milliy taomlar kafesida yong‘in chiqib, alanga oqibatida kafe atrofi o‘rab olinib, ko‘chada avtomobil harakati vaqtincha to‘xtatildi. Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati mazkur yong‘in tafsilotlarini ma’lum qildi. 

Unda qayd etilishicha, yong‘in soat 20:41da kelib chiqqan. O‘t ketishi oqibatida kafening ichki va tom qismi 350 kv metr maydoni yongan. Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 20:49da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 21:08 qurshab olinib, soat 21:18da o‘chirilgan. Yong‘in joyiga 8 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.

Yong‘in, olovdan extiyotsizlik bilan foydalanish oqibatida sodir bo‘lgan, deb tahmin etilmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘inda insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.

QALAMPIR.UZ’ning aniqlashicha, yong‘inda gaz balloni bo‘lgan Cobalt avtomobili portlagan.

Kiritildi: 09:59 28.06.2019. O'qildi: 2947 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!