Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Olmazor tumanidagi maktabda “Mening Prezidentim” tanlovining 1-bosqichi o‘tkazildi

Olmazor tumanidagi maktabda “Mening Prezidentim” tanlovining  1-bosqichi o‘tkazildi

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Olib borilayotgan islohotlar samarasi o‘laroq maktab o‘quvchilari turli fanlar bo‘yicha o‘z bilimlarini respublika va xalqaro tanlovlarda namoyon etib kelmoqdalar.

O‘quvchilarda so‘ngi yillarda yurtimizda amalga oshirilgan islohotlarni teran idrok etish va ular to‘g‘risida mulohaza yuritish ko‘nikmalarini, Vatanimiz taqdiri, ertangi kuni va istiqboliga daxldorlik tuyg‘usini rivojlantirish, ularda ijodiy, tanqidiy, nostandart fikrlash, notiqlik, moslashuvchanlik, o‘z fikrini ijodkorona yetkazib bera olish ko‘nikmalarini shakllantirish ham ta’limning ajralmas qismidir.

Olmazor tumanidagi maktabda “Mening Prezidentim” tanlovining  1-bosqichi o‘tkazildi

So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi hamkorligida tarmoq xodimlari va o‘quvchilari o‘rtasida ko‘plab tanlovlar tashkil etilib, ta’lim sohasida mehnat qilayotgan pedagog-o‘qituvchilar va o‘quvchilarning bilim saviyalarini yuksaltirish, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash borasida sezilarli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi Ijroiya qo‘mitasining 2021 yil 18 noyabrdagi “Umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Mening Prezidentim” ijodiy ishlar tanlovini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 65 q/q 6-01 «s» sonli qabul qilingan qarori aosida Olmazor tumani Xalq ta’limi bo‘limi va Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Olmazor tuman bo‘linmasi kengashi Ijroiya qo‘mitasining 2021 yil 22 noyabrdagi №187-sonli buyruq, 5/20-sonli qo‘shma qarori qabul qilindi.

Olmazor tumanidagi maktabda “Mening Prezidentim” tanlovining  1-bosqichi o‘tkazildi

Yuqoridagilarni inobatga olib, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir ishlar samaradorligini oshirish va faollashtirish, bu boradagi ta’lim-tarbiyaviy ishlarni jadallashtirish, ularni milliy g‘oya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda yuqori tashkilotlar qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida 249-maktabda “Mening Prezidentim” Respublika ijodiy ishlar tanlovining 1-bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda o‘quvchilar faol ishtirok etishdi. Tanlovga «Gulhan» bolalar jurnalining bo‘lim mudiri Zayniyeva Dilafruz hamda “Tong yulduzi” gazetasining bo‘lim boshlig‘i Nazarova Nodira tashrif buyurib, tanlov qatnashchilarga ijodiy zafarlar tilashdi.

Shu bilan birga qatnashchilar maktab o‘quvchilariga havas bilan qarashdi va ularga ijod zavqini tilashdi.

Olmazor tumanidagi maktabda “Mening Prezidentim” tanlovining  1-bosqichi o‘tkazildi

Tadbirda maktabning iqtidorli o‘quvchilari qatnashib, 10-sinf o‘quvchisi Mahkamova Mushtariy Haydar qizi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va tanlovning 2-bosqichiga yo‘llanma oldi.

Tadbirni Tojiyeva Dilfuza Bahodirovna va Jalilova Zilola Abduaxatovna tashkillashtirdi.

Kiritildi: 12:45 02.12.2021. O'qildi: 3808 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!