Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

“Olmaliqshahargaz” gaz ta’minoti ogohlantirdi

A A A
“Olmaliqshahargaz” gaz ta’minoti ogohlantirdi

Toshkent viloyati hokimi, “Hududgazta’minot” AJ, ToshMGQB hamda “Hududgaz Toshkent” gaz ta’minoti filiali tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida Olmaliq shahar gaz xo‘jaligini 2021-2022 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlashga oid kompleks tadbirlar doirasida, bo‘lim tomonidan joriy yil 6 iyul soat 08:00dan 8 iyul 17:00 ga qadar Olmaliq-2 GTS ish faoliyatini to‘xtatishi sababli U.Nosir, A.Qodiriy, "Terakli" MFYlardagi aholi va ulgurji iste’molchilariga tabiiy gaz yetkazib berish to‘xtatilishi belgilangan.

Tadbir doirasida yer osti va yer usti yuqori hamda o‘rta bosimli gaz quvurlarida bosqichma-bosqich zichlikka sinash ishlari loyihaviy bosimga ko‘tarish bilan amalga oshiriladi. Shuningdek, quvurlar va ulardagi inshootlarning xavfsizlik me’yorlariga oid talablarga rioya etilishi yuzasidan nazorat tartibida ko‘rik olib boriladi.

Kiritildi: 09:01 05.07.2021. O'qildi: 2872 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik