Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

​Olmaliqlik ayol erini pichoqladi

A A A
​Olmaliqlik ayol erini pichoqladi

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida istiqomat qiluvchi 55 yoshli ayol oshxona pichog‘i bilan turmush o‘rtog‘iga tan jarohati yetkazdi.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, S.B va uning eri N.B o‘rtasida janjal kelib chiqqan. O‘zaro oilaviy kelishmovchilik sabab boshlangan janjal oqibatida ayol qo‘lidagi oshxona pichog‘ini erining ko‘krak qismiga sanchib, unga tan jarohati yetkazgan. Oqibatda R.B shifoxonaga yotqizilib, uning turmush o‘rtog‘iga nisbatan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olmaliq shahar ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan mazkur holat bo‘yicha tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Manba: uza.uz

Kiritildi: 17:04 24.09.2018. O'qildi: 1950 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik