Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Oliy ta’limda yangi o‘quv yili masofaviy tarzda boshlanadi

Oliy ta’limda yangi o‘quv yili masofaviy tarzda boshlanadi

Sentyabr oyidan boshlab yuqori bosqich (ikkinchi bosqichdan boshlab) talabalari uchun o‘qish onlayn tarzda boshlanadi. Bu haqda Respublika Oliy ta’lim kengashi raisi O‘ktam Umurzoqov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda O‘zA muxbiri.

— Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalasi ham juda murakkab bo‘lib turibdi. Mart oyidan buyon biz onlayn tizimida darslarni o‘tkazyapmiz, lekin xohlaymizmi, xohlamaymizmi, onlayn tizimi odatiy, yuzma-yuz dars o‘tish tizimining o‘rnini bosa olmaydi. Hozircha sentyabr oyidan boshlab 2, 3 va 4-kurs talabalariga o‘qishni onlayn tarzda boshlaymiz, oktyabr oyida 1-kurslarni ham qabul qilib olganimizdan keyin pandemiya sal yumshasa, unda balki an’anaviy tizimga yana qaytarmiz, - dedi O‘ktam Umurzoqov.

Kiritildi: 22:01 06.08.2020. O'qildi: 3329 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!