Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Oliy sud Dilorom Mengujekning bildirishi yuzasidan ma’lumot berdi

Oliy sud Dilorom Mengujekning bildirishi yuzasidan ma’lumot berdi

Oliy sud Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi foydalanuvchi Dilorom Mengujekning bildirishi yuzasidan ma’lumot berdi.

Oliy sud Dilorom Mengujekning bildirishi yuzasidan ma’lumot berdi

2019 yil 13 noyabrda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi “Oriyent finans XATBning manfaatini ko‘zlab javobgarlar “PRIMER BROKERS” MCHJ va D. Mengujekga nisbatan kredit qarzdorligini undirish haqidagi da’vo ariza bilan murojaat qilgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 2020 yil 28 yanvardagi sirtdan chiqarilgan hal qiluv qaroriga ko‘ra, da’vo ariza qanoatlantirilib, javobgarlar “PRIMER BROKERS” MCHJ va D. Mengujekdan da’vogar “Oriyent finans” XATBning foydasiga 80 000 002,0 so‘m asosiy qarz, 39 999 999 so‘m muddati o‘tgan qarzdorlik, 162 739 so‘m foiz, 7 990 500 so‘m muddat o‘tgan foiz, jami 129 617 898 so‘m undirish belgilangan.

Undiruvni garovdagi mulk - Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 10-mavze, 11-uy, 37-xonadonga qaratish va ushbu mulkning auksion savdodagi boshlang‘ich bahosini 200 000 000 so‘m qilish belgilangan.

Javobgarlar “PRIMER BROKERS” MCHJ va D. Mengujekdan davlat foydasiga 2 592 357,96 so‘m davlat bojini undirish belgilangan.

2020 yil 8 iyunda javobgar D. Mengujek (“PRIMER BROKERS” MCHJ ta’sischisi) tomonidan sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini bekor qilish haqidagi ariza kelib tushgan bo‘lib, ushbu arizani mazmunan ko‘rilishi 2020 yil 17 iyunga tayinlangan.

Shu kuni ushbu ariza mazmunan ko‘rib chiqilib, javobgar D. Mengujekning arizasi qanoatlantirilib, fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 2020 yil 28 yanvardagi sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarori bekor qilingan va mazkur fuqarolik ishi bo‘yicha ish yurituv tiklangan.

“Oriyent finans” XATBning 2020 yil 17 iyundagi 2348-15-01-sonli ma’lumotnomasiga ko‘ra, 2020 yil 17 iyun holatiga “PRIMER BROKERS” MCHJning “Oriyent finans” XATB oldida kredit bo‘yicha qarzdorligi mavjud emasligi qayd etilgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 2020 yil 24 iyundagi ajrimiga ko‘ra, da’vogar “Oriyent finans” XATB vakili sudga bir necha marotaba uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmaganligi sababli, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi “Oriyent finans XATBning manfaatini ko‘zlab javobgarlar “PRIMER BROKERS” MCHJ va D. Mengujekga nisbatan kredit qarzdorligini undirish haqidagi da’vo arizasi ko‘rmasdan qoldirilgan.

Shundan so‘ng, mazkur fuqarolik ishi bo‘yicha taraflardan biror-bir ariza (shikoyat) kelib tushmagan.

Fuqarolik ishi sud arxiviga topshirilgan.

Kiritildi: 17:14 21.09.2020. O'qildi: 2584 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!