Bugun 3 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Olimpiya o‘yinlari sovrindori Olga Zabelinskaya sportchilik faoliyatini yakunladi

Olimpiya o‘yinlari sovrindori Olga Zabelinskaya sportchilik faoliyatini yakunladi

Velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, Olimpiya o‘yinlari sovrindori va ko‘plab xalqaro musobaqalar g‘olibi Olga Zabelinskaya professional sportchilik faoliyatini yakunladi. Bu haqda O‘zbekiston velosiped sporti federasiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Shu munosabat bilan federasiya binosida maxsus tadbir tashkil etildi. Unda federasiya rahbariyati, murabbiylar va yosh sportchilar ishtirok etdi.

“Olga Zabelinskaya o‘z faoliyatini eslar ekan, yosh sportchilarga o‘rnak bo‘ladigan jihatlarni sanab o‘tdi. Shu o‘rinda, umidli sportchilarimiz ham o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tajribali velopoygachidan javob olishdi. Tadbir yakunida mutasaddilar sobiq sportchimizga qo‘lga kiritilgan natijalar hamda terma jamoa bilan bosib o‘tilgan yo‘l uchun minnatdorlik bildirishdi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Olga Zabelinskaya 2018-yildan buyon O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilib kelgan. U mamlakat bayrog‘i ostida Osiyo o‘yinlari, Osiyo chempionati va Islom birdamlik o‘yinlari g‘olibligini qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 23:12 02.12.2025. O'qildi: 148 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!