Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi

Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi

Alifboni bilish akademik muvaffaqiyat uchun juda muhim. Bundan tashqari alifbodagi dastlabki harflar bilan boshlanadigan familiyaga ega bo‘lish ham bahoga ijobiy ta’sir qilishi mumkin.

Michigan universiteti tadqiqotchilari tomonidan 30 milliondan ortiq baho yozuvlari tahlili shuni ko‘rsatdiki, alifbo bo‘yicha pastki qatorlarda joylashgan harflar bilan boshlanuvchi familiyaga ega bo‘lgan talabalar boshqalardan ko‘ra pastroq baho oladi. Bu alifbo tizimida ro‘yxat tuzilishi va aynan shu ro‘yxat orqali bolalarni baholanish mexanizmining xato ekanligini ko‘rsatadi.

Bundan tashqari, pastki qatordagi harflar bilan boshlanuvchi familiya egalari o‘qituvchilar tomonidan salbiy va qo‘polroq muomalaga duch kelgani aniqlangan.

“Biz ko‘p vaqtni baholashni qanday qilib adolatli va aniq qilish haqida o‘yladik, lekin bu juda hayratlanarli. Biz ma’lumotlarni ko‘rib chiqmagunimizcha va ketma-ket baholashda farqlar bo‘lishini bilmaguncha bu narsa xayolga kelmagan”, — deydi M. Ross biznes maktabining texnologiya va operasiyalar bo‘yicha dosenti Jun Li.


Tadqiqotchilar Kanvas*dagi 2014 yil kuz semestridan 2022 yil yoziga qadar bo‘lgan 140 mingga yaqin talabaning 31 millionga yaqin topshiriqlarning mavjud tarixiy ma’lumotlarini to‘pladi.

Kiritildi: 15:38 21.04.2024. O'qildi: 1338 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!