Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Olimlar pingvin va qisqichbaqa kurashini tasvirga oldi (video)

A A A
Olimlar pingvin va qisqichbaqa kurashini tasvirga oldi (video)

Janubiy Afrikaning Nelson Mandela nomli universiteti olimlari Folklend orollarida Arktika pingvinlarining kichik qisqichbaqalar bilan kurashini tasvirga oldi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar qildi.

Tadqiqotchilar pingvinlar hayot tarzi, o‘lja izlashda o‘zini tutishi haqida batafsil ma’lumot olish uchun kameralarni 38 ta pingvinga mahkamlagan. Odatda bu pingvinlar «engil o‘lja» — kichik baliq va qisqichbaqalarni ovlaydi.

Kamerani olgan olimlar kichkina qisqichbaqalarning jangsiz taslim bo‘lmasligini aniqladi. Ular changallarini ishga soladi yoki to‘da bo‘lib olib, pingvinni qurbon bilan yakka qolishga qo‘ymaydi. Olimlarning ta’kidlashicha, ular ko‘p holatlarda hujumni qaytaradi.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 08:00 24.08.2018. O'qildi: 2053 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik