Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Olimlar «Omicron» bolalarda og‘ir kechishidan ogohlantirdi

Olimlar «Omicron» bolalarda og‘ir kechishidan ogohlantirdi

Koronavirusning «omicron» shtammi ko‘pincha bolalarda bronxlarga ta’sir qiladi, shu sabab bola shifoxonaga va hattoki reanimasiyaga ham tushib qolishi mumkin. Bu haqda haqda Rossiya Fanlar akademiyasi a’zosi Aleksandr Gorelov ma’lum qildi.

«Bolalarda kasallikning kechishining ma’lum bir xususiyatlari aniqlangan – kasallik stereotipik tarzda boshlanadi, lekin ko‘pincha bronxiolitning namoyon bo‘lishi kuzatiladi, bu esa majburiy tibbiy yordamni talab qiladi, ba’zan esa shifoxonaga va hattoki reanimasiyaga ham tushib qolishi mumkin. Bundan tashqari, har uchinchi bolada diareya kuzatilmoqda», deydi Gorelov.

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, odatda bunday asoratlar ikki yoshdan besh yoshgacha bo‘lgan bolalarda uchraydi.

Gorelov, shuningdek, bolalarda koronavirusni qayta yuqtirish ehtimolini ham inkor etmadi.

Kiritildi: 18:30 26.01.2022. O'qildi: 2279 marta. Fikrlar soni: 4 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!