“ArXiv.org” saytiga Kanarax va Ovyedoda joylashgan universitet astorofiziklarining ishlari bo‘yicha ma’lumotlar qo‘yildi, deya xabar bermoqda “planetanovsti.com”.
Mutaxassislarning aytishicha, yulduzlar sistemasida Yerga o‘xshash uchta sayyora mavjud. Bu tadqiqot K2 missiyasi davomida “Kepler” nomidagi observatoriyadagi moslama yordamida amalga oshirildi. Bu erda joylashgan uskuna ko‘magida yulduzlarning ko‘z ilg‘amas darajadagi o‘zgarishini yaqindan rasm yordami ko‘rish mumkin.
Ma’lumotlar yordamida sayyoraning qanchalik yaqinligini tomosha qilsa bo‘ladi. O‘rganilgan sayyoralar orasida bir nechtasigina Yerga o‘xshash bo‘lib chiqdi. Birinchi o‘rinda, yorug‘ qizil halqalarga ega “K2-239” yulduzi turibdi. Uning atrofida uchta sayyora to‘liq halqasimon aylana hosil qiladi va bu 5.2-10.1 kunni tashkil qiladi. Ikkinchi bo‘lib yorug‘ “K2-240” yulduzi turibdi va bu yulduz ikki yo‘ldoshiga ega bo‘lib, ularning diametri Yer diametridan ikki marta ko‘p.
Bu yulduzlarning hammasi quyoshdan ikki baravar sovuqdir. Sayyoralar sistemada joylashganligi tufayli juda katta miqdorda radiasiya va yorug‘lik nurlarini oladi.