Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Olimlar Yerda tiklab bo‘lmaydigan halokatlar kuzatilishidan ogohlantirmoqda

Olimlar Yerda tiklab bo‘lmaydigan halokatlar kuzatilishidan ogohlantirmoqda

Mutaxassislar so‘zlariga ko‘ra, 2020 yilda tarixda kuzatilgan uchta eng issiq haroratning biri qayd etildi. Yerda iqlim tufayli yuz berayotgan ofatlar soni ortmoqda. Suv toshqinlari, dovullar va o‘rmon yong‘inlari ko‘p kuzatilmoqda.

Bularning barchasi havoda is gazi darajasining oshib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Natijada sayyoramiz “portlovchi modda to‘ldirilgan bochkaga” o‘xshab qoldi, deydi olimlar.

"Erning hayotiy muhim tizimlari chuqur o‘zgarishlarga yuz tutayotgani tobora ayon bo‘lib bormoqda, bu burulish nuqtasidir. Mazkur o‘zgarishlar ayniqsa, marjon qoyalar, Amazoniyaning tropik o‘rmonlari va G‘arbiy Antarktika va Grenlandiyadagi muz qalqonlarida yaqqol kuzatilmoqda", — deyiladi olimlar e’lon qilgan hisobotda.

Garchi, koronavirus pandemiyasi tufayli o‘tgan yilgi dunyo global lokdaunda qolgani bois havoning imloslanishi sezilarli ravishda kamaygan bo‘lishiga qaramay, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanmadi.

Tadqiqotchilar insoniyatni tabiat inqirozlarini bartaraf qilish uchun birlashishga chaqirdi. Chunki olimlarning fikricha, sayyoramizning inson tomonidan haddan ziyod daraja ekspluatasiya qilinishi iqlim o‘zgarishining birinchi sababi hisoblanadi.

Kiritildi: 22:16 01.08.2021. O'qildi: 3753 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!