Bugun 11 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Ohangaronda sel ko‘prikni oqizib ketdi

Ohangaronda sel ko‘prikni oqizib ketdi

Kecha, 10 may kuni ertalab Toshkent viloyati, Ohangaron tumani Ertoshsoy qishlog‘ida kuchli yog‘ingarchilik oqibatida qishloq aholisi va u yerga dam olish maqsadida kelganlar tashrif buyurganlar soyning u tomonida qolib ketgan.

Guvohning so‘zlariga ko‘ra, yuzdan ortiq odamlar va 20 dan ortiq avtomobil soydan o‘ta olmay qishloqda qolib ketishgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilishicha, adirliklardan yig‘ilib kelgan yomg‘ir suvlari Ertoshsoy soyidan to‘planib oqib o‘tgan.

Suv oqimi kuchli bo‘lganligi sababli aholi tomonidan dam oluvchilarning soy orqali harakatlanishi uchun qurilgan vaqtinchalik osma ko‘prik o‘tkazgichga zarar yetgan.

“Zudlik bilan hodisa joyiga FVBB, IIB, MG, mahalliy hokimlik va boshqa FVDTxizmatlarining mas’ullari yetib borib, vaziyat nazoratga olingan va dam oluvchilar xavfsiz hududga o‘tkazilgan. Hodisa natijasida jabrlanganlar qayd etilmadi”, deyiladi FVV xabarida.

Ma’lumot uchun: Ertoshsoy qishlog‘i poytaxt bilan vodiyni ulovchi Qamchiq dovoni yon bag‘rida joylashgan turistik hudud hisoblanadi.

Kiritildi: Bugun 11:51. O'qildi: 352 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!