Bugun 30 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Og‘iz qurishidan qanday qutilish mumkin?

A A A
Og‘iz qurishidan qanday qutilish mumkin?

Ba’zi insonlarni og‘iz qurishi tez-tez bezovta qiladi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu jiddiy kasalliklar alomati bo‘lishi mumkin.

— Tibbiyotda kserostomiya deb ataluvchi ushbu holat so‘lak bezlari faoliyati buzilishi oqibatida kelib chiqadi, — deydi tibbiyot fanlari nomzodi Nasiba Alimova. — U ko‘proq katta yoshli insonlarda uchraydi.

✔️Ayrim kishilar og‘iz qurishi faqat qandli diabet alomati deb o‘ylaydi. Biroq bu xato.

Sababi ushbu holat:
📌 yuqori qon bosimi;
📌 revmatoidli artrit;
📌 temir yetishmovchiligi (anemiya);
📌 burundan yaxshi nafas ololmaslik;
📌kuchli stress;
📌muntazam spirtli ichimliklar ichish kabi turli omillar natijasida ham kelib chiqishi mumkin.

🫙Og‘iz qurishidan xalos bo‘lish uchun birinchi navbatda ko‘proq gazlanmagan suyuqlik ichish tavsiya qilinadi. Ovqatni yaxshi va uzoq chaynash ham so‘lak bezlarining yetarli miqdorda shira ajratishiga va og‘iz qurib qolmasligiga yordam beradi.

☕️Shuningdek, burundan nafas olish, og‘izni suv bilan muntazam chayish, zararli illatlardan voz kechish, gazlangan ichimliklar, qahva, sho‘r va achchiq taomlarni cheklash, ko‘p asabiylashmaslik bu muammodan xalos bo‘lishga ko‘maklashadi.

Kiritildi: 17:53 24.12.2022. O'qildi: 2407 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik