Sud hukmi bilan joriy yilning iyul oyida 8 yilga ozodlikdan mahrum qilingan Odilxon qori Ismoilov ozodlikka chiqdi. Bu haqda uning yaqinlari QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Manbaning bildirishicha, bugun, 12 oktyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyati sudida Odilxon Ismoilovga oid ish apellyasiya tartibida ko‘rib chiqilgan. Sud hukmi bilan Ismoilov sud zalidan ozodlikka chiqarilgan.