Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

OCHL. “Navbahor” chorak final yo‘llanmasi uchun maydonga tushadi

A A A
OCHL. “Navbahor” chorak final yo‘llanmasi uchun maydonga tushadi

Xabaringiz bor, shu kunlarda Yevropa va Osiyo qit’asida chempionlar ligasining 1/8 final bosqichi uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.

Osiyo chempionlar ligasida bugunga qadar chorak final bosqichiga yo‘l olgan uchta juftlik aniqlandi. Unga ko‘ra, 4 mart kuni “Al-Ayn” (BAA) – “Al-Nasr” (Suadiya Arabistoni), 5 mart kuni “Ulsan Xyonde” (Janubiy Koreya) – “Chonbuk” (Janubiy Koreya) hamda 6 mart kuni “Yokogama Marinos” (Yaponiya) – “Shandung Taishan” (Xitoy) klublari yarim final yo‘llanmasi uchun o‘zaro birinchi uchrashuvda maydonga tushadi.

Musobaqaning 4 juftligi bugun, 22 fevral kuni aniqlanadi. Aniqrog‘i, 1/8 final bosqichi javob uchrashuvlarida “Al-Ittihod” (Saudiya Arabistoni) – “Navbahor” (O‘zbekiston), “Al-Hilol” (Saudiya Arabistoni) – “Sepaxon” (Eron) klublari maydonga tushadi. Aynan shu juftlik g‘oliblari chorak finalda bir-birlariga qarshi raqobatlashadi.

Mazkur bahslarning biz uchun ahamiyatlisi “Al-Ittihod” va “Navbahor” o‘yinidir.

Kiritildi: 10:35 22.02.2024. O'qildi: 1543 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik