Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Obama Amerika xalqini Trampdan voz kechishga chaqirdi. Nega?

Obama Amerika xalqini Trampdan voz kechishga chaqirdi. Nega?

Prezident Donald Tramp hafta davomida sodir bo‘lgan bir qator dahshatli otishmalar uchun ko‘p narsalarni ayblashga harakat qildi.

U zo‘ravon video o‘yinlarni, ruhiy kasalliklarni, internetni va zo‘ravonlikni rag‘batlantiradigan madaniyatni millatchilik va nafratni rivojlantirishiga olib keluvchi omillar deb aytib o‘tdi.

Prezident Tramp El-Pasoda 22 kishini o‘ldirgan oq tanli millatchi xush ko‘radigan irqchilikka moyil gaplarini ishlatganidan tonmoqda.

U madaniy o‘zgarishlarni va ruhiy salomatlik qonunlarini yangilashga va ommaviy otishmalarga qarshi o‘lim jazosini joriy etishga va’da berdi. Ammo qurollarga yangi cheklovlar taklif qilmadi.

AQShning sobiq Prezidenti Barak Obama amerikaliklarni mamlakatda nafrat urug‘larini ekuvchi yoki irqchilikka oddiy ko‘z bilan qaraydigan rahbarlaridan voz kechishga chaqirdi.

Obama hech kimni shunday rahbar deb ko‘rsatmagan edi. Biroq sobiq Prezidentning bu izohi Donald Trampning anti-immigrasion ritorikasi zo‘ravonliklarga turtki bo‘layotgani haqidagi tanqidni rad etishga urinishidan keyin paydo bo‘ldi.

Hokimiyatda bo‘lgan paytlarda Obama qurol-yarog‘ni cheklash uchun muvaffaqiyatsiz kurashdi. U BBCga 2015 yilda bergan interyusida aytishicha, uning qurollar xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunlarni qabul qila olmagani uning prezidentlik davridagi eng katta muvaffaqiyatsizlik ekanini aytgan.

Prezidentlik saylovlari arafasida Janob Tramp meksikalik muhojirlarni qotil va zo‘ravon deb atagan edi.

Yaqinda u AQSh Kongressi a’zosi hisoblangan to‘rtta oq tanli bo‘lmagan ayolni qayerdan kelgan bo‘lsa o‘sha yerga qaytib jinoyatga to‘la davlatlari haqida qayg‘ursin deya Tvitterdagi sahifasida izoh qoldirgan va bu ko‘pchilikning jiddiy tanqidiga sabab bo‘lib prezident irqchilikda ayblangan edi.

Kiritildi: 12:59 06.08.2019. O'qildi: 3569 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!