Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Ob-havo ma’lumoti: Shu haftada havo harorati keskin pasayadi

Ob-havo ma’lumoti: Shu haftada havo harorati keskin pasayadi

Gidrometeorologiya xizmati markazining xabar berishicha, 5 fevraldan butun Respublika bo‘ylab havo harorati pasayishi kutilmoqda, ayrim joylarda havo harorati 17 darajagacha sovuq bo‘lishi mumkin.

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4 fevralda 2-7 daraja sovuq, kunduzi 4 fevralda 0-5 daraja iliq bo‘ladi, 5-6 fevralda kechasi 12-17 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja sovuqqacha pasayadi. 7 fevralda kechasi 7-12, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi

XORAZM VILOYATI

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4 fevralda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi, 5-6 fevralda kechasi 9-14daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi. 7 fevral kuni kechasi 5-10, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI

Havo o‘zgarib turadi, 4 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 5 fevralda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-5 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4 fevralda kechasi 0-5, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi, 5-6 fevralda kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi, Navoiy viloyatining shimolida kechasi 3-4 fevralda 2-7daraja sovuq bo‘ladi, 5-6 fevralda 12-17 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja sovuqqacha pasayadi.7 fevralda kechasi 7-12, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX VA SIRDARYo VILOYATLARI

Havo o‘zgarib turadi, 4 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 5 fevralda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 6-7 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-5 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4 fevralda kechasi 0-5 kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi, 5-6 fevralda kechasi 7-12daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 2-7 daraja sovuq, 7 fevralda kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq bilan 3 daraja iliq atrofidagi harorat kuzatiladi.

QASHQADARYo VA SURXONDARYo VILOYATLARI

Havo o‘zgarib turadi, 4 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 5 fevralda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-5 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4 fevralda kechasi 0-5 daraja, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi, 5-6 fevralda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq va 3 daraja iliq atrofida, 7 fevralda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI

Havo o‘zgarib turadi, 4 va 7 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 5 fevralda kechki tomon ba’zi joylarda yomg‘ir -qor yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 5-6 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4 fevralda kechasi 2 daraja sovuq bilan 3 daraja iliq atrofida, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi, 5-7 fevralda kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq bilan 3 daraja iliq atrofida bo‘lgan harorat kuzatiladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI

Havo o‘zgarib turadi, 4-6 fevral kunlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi. 7 fevralda yog‘ingarchilik ehtimoli yo‘q. Tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-5 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4 fevralda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi, 5-7 fevralda kechasi 13-18 daraja sovuq, kunduzi 10-15 sovuq bo‘ladi.​​

Kiritildi: 10:11 04.02.2019. O'qildi: 4096 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!