Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Ob-havo ma’lumoti

A A A
Ob-havo ma’lumoti

13 iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti bilan tanishing.

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 13 iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-24, kunduzi 38-40 daraja issiq bo‘ladi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-27, kunduzi 38-43 daraja issiq bo‘ladi. 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-27, kunduzi 36-41 daraja, cho‘l hududlarida 43 darajagacha issiq bo‘ladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-27, kunduzi 36-41 daraja issiq bo‘ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 23-28, kunduzi 38-43 daraja issiq bo‘ladi. 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi. 

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-20, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi. 

Manba: uza.uz

Kiritildi: 13:50 12.07.2018. O'qildi: 1926 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik