Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

OAV: Yadroviy halokat darvozasi ochildi

A A A
OAV: Yadroviy halokat darvozasi ochildi

AQSh vakillar palatasi yangi yadro qurolini yaratish rejasini qo‘llab quvvatlash qarorini qabul qilib, yadroviy halokat "darvozasi ochilishiga" imkon yaratdi.

"Sputik" xabariga ko‘ra, Amerika vakillar palatasi 2019 yil uchun harbiy byudjetga kiritiladigan o‘zgartishlarni qabul qilmadi. Bu o‘zgarishlar yadro boyegolovkalarini moliyalashtirishga ta’qiq qo‘yishni nazarda tutar edi.

Qayd etilishicha, rad etilgan tuzatishlar Trident II dengiz bazasidagi ballistik raketalar uchun mo‘ljallangan W76-2 kam quvvatli yadro boyegolovkalarini ishlab chiqishga ajratiladigan moliya manbalari miqdorini ikki barobarga qisqartirishi lozim edi.

Ushbu o‘zgartishni vakillar palatasi a’zolarining 435 nafaridan 188 nafari qo‘llab quvvatlagan, 226 kishi esa qarshi ovoz bergan. Respublikachilar partiyasi vakillari, shu asnoda, ushbu dastur Rossiyani "ushlab turish" vositalaridan biri bo‘lishi lozimligini ochiq bayon etganlar.

Sal avvalroq, xavfsizlik organlarining va Pentagon qo‘mitalarining sobiq xodimlari AQSh Kongressiga maktub yo‘llab, unda yangi yadroviy qurol ishlab chiqarish dasturini moliyalashtirishdan voz kechishga da’vat qilgan edilar. Sobiq harbiy xizmatchilarning maktubida taktik yadro qurolini ishlab chiqish dasturini rivojlantirish "yadroviy halokat darvozasini ochib yuborishi" aytilgandi.

 

Kiritildi: 01:53 24.05.2018. O'qildi: 1442 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!