Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

OAV: Uglegorsk IYESda yong‘in sodir bo‘ldi

A A A
OAV: Uglegorsk IYESda yong‘in sodir bo‘ldi

Donesk viloyatining Svetlodarsk shahrida joylashgan Uglegorsk issiqlik elektr stansiyasida o‘qqa tutilishi natijasida yong‘in boshlandi, deya xabar bermoqda Ukraina OAVlari.

“Hududda kuchli yong‘in ketmoqda, ma’muriy bino vayron bo‘lgan”, — deb yozadi "Politika Strana" telegram kanali.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainadagi eng yirik issiqlik elektr stansiyasi Rossiya armiyasi tomonidan o‘qqa tutilgan.

Uglegorsk IYES Ukraina kuchlari tomonidan nazorat qilinadi, biroq so‘nggi haftalarda unga qarshi kurash olib borilmoqda. Svetlodarskning o‘zi 24 may kuni rus harbiylari tomonidan bosib olingan.

Kiritildi: 22:58 12.06.2022. O'qildi: 2706 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik