Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

OAV: Pentagon Ukraina uchun qurollar yaratish bo‘yicha 1,3 mingta taklif olgan

OAV: Pentagon Ukraina uchun qurollar yaratish bo‘yicha 1,3 mingta taklif olgan

Pentagon Ukraina uchun innovasion qurollar ishlab chiqarish bo‘yicha 800 ta kompaniyaning 1,3 mingta taklifini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar bermoqda CNN telekanali AQSh mudofaa vazirligi vakilining bergan ma’lumotiga tayanib.

Xabarda aytilishicha, Pentagon ushbu takliflarni yaqin haftalarda saralab olishga umid bildirgan.

Telekanal bergan xabarda keltirilishicha, Pentagon so‘ragan qurollar Ukraina tomonidan aniqlab olingan bo‘lib, harbiy ehtiyojning muhim qismlarini o‘z ichiga oladi. Masalan, havo hujumiga, tanklarga, piyodalarga qarshi ishlatiladigan hamda sohillarni qo‘riqlash uchun zarur bo‘lgan qurollar shular jumlasidandir.

Shuningdek, ro‘yxatga uchuvchisiz boshqariladigan aviasiya tizimlari, aloqalarni himoya qilish tizimlari ham kiritilgan.

Kiritildi: 16:53 01.07.2022. O'qildi: 3530 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!