Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

OAV: Noyabr oyidan beri Qo‘shma Shtatlar Yamanda uchta MQ-9 Reaper dronini yo‘qotdi

OAV: Noyabr oyidan beri Qo‘shma Shtatlar Yamanda uchta MQ-9 Reaper dronini yo‘qotdi

AQSh harbiylari 2023 yil noyabridan beri Yaman ustidan uchta MQ-9 Reaper uchuvchisiz samolyotini yo‘qotdi.

Bu haqda CBS telekompaniyasi manbalarga tayanib xabar berdi.

Uch uchuvchisiz uchoqning oxirgisi shu hafta Yaman qirg‘oqlari yaqinida qulab tushdi, dedi AQSh rasmiysi. Halokat sabablari hozircha o‘rganilmoqda, biroq Amerika tomoni uni Yaman husiy isyonchilari urib tushirgan bo‘lishi mumkinligini istisno etmayapti.

Noyabr va dekabr oylarida yana ikkita MQ-9 Reaper dronlari yo‘qolgandi. AQSh Kongressi tadqiqot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, har bir qurilmaning narxi taxminan 30 million dollarga baholangan.

Kiritildi: 06:25 27.04.2024. O'qildi: 826 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!