Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

OAV Jon Bolton nima uchun iste’foga chiqarilganidan xabar topdi

OAV Jon Bolton nima uchun iste’foga chiqarilganidan xabar topdi

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton Eron borasidagi kelishmovchiliklar sababli o‘z lavozimidan bo‘shatilgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi. 

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp Tehronga qarshi kiritilgan sanksiyalarni yumshatishni taklif qilgan, biroq Bolton bunga qat’iy qarshi chiqqan. Trampni AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchin qo‘llab-quvvatlagan. 

Nashrning eslatishicha, AQShda Tramp va Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning sentyabrda Nyu-Yorkda o‘tadigan BMT Bosh assambleyasi yig‘ilishi doirasidagi uchrashuviga tayyorgarlik ketmoqda.

Bolton 10 sentyabrda iste’foga chiqarildi. U o‘z lavozimini 2018 yil aprelidan beri egallab kelayotgandi.

Kiritildi: 05:23 12.09.2019. O'qildi: 1352 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!