Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

OAV Baydenning saylovdagi g‘alabasini e’lon qildi

A A A
OAV Baydenning saylovdagi g‘alabasini e’lon qildi

AQSh prezidentlik saylovlariga demokratlar partiyasidan nomzod qilib ko‘rsatilgan Jo Bayden saylovda g‘alaba qozondi. Bu haqda AQShning bir qator yirik nashrlari yozmoqda.

Uzoq yillardan buyon saylov natijalari tahlili bilan shug‘ullanuvchi Associated Press hisob-kitobiga ko‘ra, Bayden Pensilvaniyadagi g‘alaba hisobiga 284 ta ovoz olib, g‘olib bo‘ldi. AQSh prezidentligiga saylanish uchun esa 270 ta vakillik ovozi yetarli.

NBC hisob-kitobiga ko‘ra, Bayden Pensilvaniyadagi g‘alaba hisobiga 273 ta ovoz bilan prezidentlikka saylangan. Chunki Arizonadagi natijalar rasman yakunlanmagan. CNN ham Bayden saylovda g‘olib bo‘lganini e’lon qildi. Trampning tarafdori bo‘lgan Fox News ham Bayden saylovda g‘olib bo‘lganini tasdiqladi. Biroq Baydenning g‘alaba qozongani rasman e’lon qilingani yo‘q.

Kiritildi: 13:21 08.11.2020. O'qildi: 2346 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik