Bugun 23 may, 2026 yil, shanba

КИР

Nyu-Yorkdagi kemasozlik zavodida portlash bo‘ldi

Nyu-Yorkdagi kemasozlik zavodida portlash bo‘ldi

Nyu-Yorkdagi kemasozlik zavodida yuz bergan portlash oqibatida jabrlanganlar soni 36 nafarga yetdi, bir kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar berdi.

Hodisa Staten-Aylend orolidagi kemasozlik zavodida sodir bo‘lgan. Voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni bartaraf etishga kirishgan, biroq taxminan 50 daqiqa o‘tgach, kuchli portlash yuz bergan.

«Nyu-Yorkdagi kemasozlik zavodida juma kuni sodir bo‘lgan portlashdan keyin bir kishi halok bo‘ldi... 36 kishi jarohat oldi, ularning aksariyati o‘t o‘chiruvchilar va boshqa qutqaruvchilardir, halok bo‘lgan shaxs esa tinch aholi vakili bo‘lgan», — deyiladi agentlik xabarida.

Kiritildi: Bugun 09:49. O'qildi: 154 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!