Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Nyu-York bosh prokurori Trampni sudga bermoqchi

Nyu-York bosh prokurori Trampni sudga bermoqchi

Nyu-York bosh prokurori Letisia Jeyms AQShning sobiq prezidenti Donald Trampni uning Tramp tashkilotining gumon qilinayotgan jinoyatlarini tergov qilish doirasida hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortgani uchun jinoiy javobgarlikka tortish niyatida ekanini aytdi.

"Mening idoram Donald Trampni sudga hurmatsizlik qilgani uchun sudga bermoqda. Sudning aniq qaroriga qaramay, Donald Tramp unga va Trump Organization moliyaviy operasiyalariga oid tergovimiz doirasida hujjatlarni oshkor qilishdan bosh tortdi", dedi Nyu-York Bosh prokurori.

Jeymsga ko‘ra, sobiq davlat rahbari rasmiylarga so‘ralgan hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortgan har bir kun uchun Tramp 10 ming dollar jarimaga tortilishi kerak. "Hech kim qonundan ustun emas", - dedi Amerika adliyasi vakili.

Kiritildi: 23:29 07.04.2022. O'qildi: 3771 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!