Bugun 2 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Nyu-Meksikoda bedarak yo‘qolgan olimning jasadi topildi

Nyu-Meksikoda bedarak yo‘qolgan olimning jasadi topildi

Nyu-Meksiko shtatidagi o‘rmon hududida bedarak yo‘qolgan 11 nafar olimdan birining jasadi topildi, deya xabar berdi mahalliy polisiya.

«Sayyoh Karson milliy o‘rmoni hududidan inson qoldiqlarini topib oldi... Shaxsi aniqlanishicha, u avval bedarak yo‘qolgan Melissa Kasias bo‘lib chiqdi», — deya polisiya xabaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

O‘lim sabablari hozircha aniqlanmagan.

Ayol o‘tgan yilning iyun oyida qizining ish joyiga borib kelganidan keyin bedarak yo‘qolgan edi. U hamyoni, hujjatlari va uyali telefonini qoldirib, noma’lum tomonga ketib qolgan.

Kiritildi: Bugun 14:03. O'qildi: 214 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!