Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Nursulton Nazarboyev va uning oilasi qanday huquqlarni saqlab qoldi?

Nursulton Nazarboyev va uning oilasi qanday huquqlarni saqlab qoldi?

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev Elboshi – Millat yetakchisi bo‘lib qoladi.

Qozog‘iston xalqi assambleyasi, Xavfsizlik kengashi va «Nur Otan» partiyasiga raislik amaldagi prezident Qosim-Jomart Toqayevga o‘tdi. «Birinchi Prezident to‘g‘risida»gi qonun 2000 yilda qabul qilingan. U Elboshi va uning oilasi to‘liq daxlsizligini kafolatlaydi.

Nazarboyev va uning oilasi uchun quyidagi imtiyozlar saqlanib qoladi:

— birinchi prezident hibsga olinishi, tintuv qilinishi, so‘roqqa chaqirilishi va qamoqqa olinishi mumkin emas;

— Nazarboyev va u bilan birga yashaydigan oila a’zolariga tegishli barcha mulk daxlsiz;

— Elboshi bank hisobvaraqlari daxlsiz;

— Nazarboyev va uning oilasi umrbod himoyada, Elboshining hayoti va sog‘lig‘i davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilinadi;

— Nazarboyev pensiya oladi (prezidentning oylik maoshining 80 foizi). Nazarboyevlar oilasining u bilan birga yashagan har bir a’zosiga oylik nafaqa tayinlanadi.

Kiritildi: 17:35 19.01.2022. O'qildi: 5861 marta. Fikrlar soni: 6 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!