Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Nursulton Nazarboyev o‘z xalqidan uzr so‘radi. Nega?

Nursulton Nazarboyev o‘z xalqidan uzr so‘radi. Nega?

Qozog‘iston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘zi haqida tayyorlangan film-intervyuda xalqdan uzr so‘radi. Bu haqda uning matbuot kotibi Aydos Ukibay Tvitterida yozgan, deba xabar bermoqda xabar.uz sayti.

Ukibayga ko‘ra, Qozog‘istonning birinchi prezidenti xalqdan o‘z xatolari uchun kechirim so‘ragan. «Men hech qachon aytmagan narsani aytaman. Bu siz uchun sensasiya bo‘ladi. Men xalqdan kechirim so‘rayman. Buni aytish juda qiyin»,— degan Nazarboyev boshidan kechirgan qiyinchiliklari haqida.

Bundan tashqari, sobiq prezident Qozog‘istonda korrupsiyada ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan bankir Muxtor Ablyazovning qochishi, shuningdek, Sharqiy Qozog‘iston viloyati hokimligini separatistlar tomonidan egallashga urinish haqida gapirgan. Separatistlar bu viloyatda «Rus yeri»ni tuzmoqchi edilar.

Birinchi prezident Qirg‘izistondagi inqiloblar natijasida qochgan ikki prezident — Asqar Akayev va Qurmanbek Bakiyevlarning samolyotlarining Qozog‘istonga uchib kelishini ham eslab o‘tgan.

Kiritildi: 22:10 19.10.2021. O'qildi: 7168 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!